Oʻzbekistonlik.Podcast #3 | Uylar va narxlar: AQSHda qanday pul topib, qanday ishlatish haqida

O'zbekistonlik.Podcast

May 7 2024 • 1 hr 38 mins

Oʻzbekistonlik.Podcast loyihasining uchinchi epizodida mikrofon qarshisiga Walmart kompaniyasi departament direktori Joʻrabek Azimov (Kaliforniya) va koʻchmas mulk savdosi boʻyicha 10 yillik tajribaga ega professional rieltor, Skyline Rieltors kompaniyasi asoschisi Akmal Xolboyevni (Filadelfiya) taklif qildik.

Unda koʻtarilgan mavzulardan ayrimlari: Nima uchun odamlar Amerika orzusi uchun harakat qiladi? Oʻzbek farzandi Amerika tarbiyasi bilan katta boʻlishi qanchalik yaxshi? Nima uchun Oʻzbekistonda oziq-ovqat narxlari qimmat? Amerikada qaysi biznes qilgan maʼqulroq?

Moderator — texnika fanlari doktori, Kasper, Patrick & Associates kompaniyasi texnik direktori, muhandis Asqarali Karimov.

Podkast bosh homiysi — Uzum milliy raqamli ekotizimi.

Uzbekistan's Club oʻz tashabbuslarini faol qo‘llab-quvvatlab kelayotgani uchun Yoshlar ishlari agentligiga, millatning yangi qiyofasini yaratishdagi ishonchli hamkorlari boʻlmish — Ucell uyali aloqa operatoriga, Chevrolet Uzbekistan avtomobil brendiga va “Uzbekistan Airways” milliy aviakompaniyasiga oʻz minnatdorchiligini izhor qiladi.