Güney Özbek - "Geldi".mp3 / Southern Uzbek - "Arrived".mp3 // ZABUR 23 - Dovud sanosi.1Egamiznikidir zamin, undagi butun borliq, Olamu unda yashovchi jamiki jonzot.2U olamni oʻrnatgan dengizlar uzra, Mustahkam qilgan uni ummonlar uzra.3Kim turishi mumkin Egamizning muqaddas makonida? Kim chiqishi mumkin Uning tepaligiga?4Qoʻli halol, qalbi toza insonlar, Soxta narsalarga koʻngil qoʻymaganlar, Yolgʻondakam ont ichmaganlar.5Egamiz ularga baraka beradi, Najotkor Xudo ularni oqlaydi.6Egamizga yuz burgan jamoa oʻshandaydir. Ha, Xudoga intilgan Yoqub nasli shundaydir.7Qaddingizni rostlang, ey darvozalar! Ochilinglar, ey azaliy eshiklar! Toki kira qolsin ulugʻvor Shoh!8U ulugʻvor Shoh kim ekan? Janglarda gʻolib boʻlgan, Kuchli, qudratli Egamiz Shohdir!9Qaddingizni rostlang, ey darvozalar! Ochilinglar, ey azaliy eshiklar! Toki kira qolsin ulugʻvor Shoh!10U ulugʻvor Shoh kim ekan? Sarvari Olamning Oʻzi ulugʻvor Shohdir.